Sharof Rashidov
Dil amri
Janr: Qissa
Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidovning “Dil amri” deb atalgan qissasi o‘zbek prozasi uchun tamomila yangi material asosida yozilgan. Asar tarixi Novgorod oblastining kichkinagina qishlog‘i – Beryozovkada kechadi. Muallif bizni og‘ir urush davriga olib kiradi, fashizmga qarshi kurash yillarida o‘zi jang qilgan yerlar bilan tanishtiradi. Birinchi marta 1983-yilda nashr etilgan “Dil amri” qissasi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladigan nodir asardir. Qissa 2021-yil 27-aprelda oʻzbek tilida 1000 nusxada nashr etildi.